01:46 / 01.11.2015
4857

Poroshenko eng badavlat ukrainaliklar reytingida 6-o‘rinni egalladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainada eng oliy lavozimni egallashi davomida o‘zining boyligini bir yil ichida 20 foizga, ya'ni 979 mln dollargacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan Dragon Capital investitsion kompaniyasi bilan birga “Novoye vremya” nashri tomonidan tuzilgan har yilgi “Eng badavlat 100 ukrainalik” reytingidagi ma'dumotlar darak bermoqda.

Poroshenko bu reytingda birdaniga 3 pog‘onaga ko‘tarilib, 6-o‘rinni egalladi. “Poroshenko chuqur inqiroz davrida ham faol rivojlanayotgan – yangi ishlab chiqarish quvvatlari qurayotgan va yangi bozorlarni egallayotgan o‘zining qandolatchilik biznesining bahosi oshishi hisobiga yuqoriga ko‘tarilib oldi”, deb ta'kidlamoqdalar reyting tuzuvchilari.

Eng badavlat ukrainaliklarning birinchi 5 taligiga kirgan Rinat Axmetov, Igor Kolomoyskiy, Gennadiy Bogolyubov, Viktor Pinchuk va Dmitriy Firtash kabi oligarxlar yo‘qotishlarga uchragan bir vaqtda, Poroshenko bunday ijobiy natijaga erishgani vaziyatga birmuncha qaltisroq ko‘rinish beradi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yuqoridagi 5 nafar tadbirkorning boyligi bir yil ichida 17-56 foizga kamayib ketgan.

Top