01:14 / 01.11.2015
3589

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Misrdagi aviahalokat yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Misrda Rossiya samolyotining halokatga uchrashi yuzasidan hamdardlik bildirdi, deb Turkiyaning Moskvadagi elchixonasiga iqtibos keltirgan holda xabar berdi RIA «Novosti» axborot agentligi.

“Qadrli do‘stim. Men Sinay yarimorolida katta miqdorda rossiyalik fuqarolar halok bo‘lgan aviahalokat haqida xabar topgach chuqur qayg‘uga botdim. Men halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga sabr tilab, ularga chuqur hamdardlik bildiraman”, deb aytilmoqda Erdo‘g‘an murojaatida.

Vladimir Putin Misrda Rossiya samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan 1 noyabrda motam e'lon qildi.

Top