11:50 / 02.11.2015
9801

“Kommersant'”: A321da portlash sodir bo‘lgani ehtimoli bor

Rossiyaning “Kogalimavia”kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyotining halokati bombaning portlashi natijasida sodir bo‘lgani ehtimoli mavjud. Bu haqda “Kommersant'” gazetasiga intervyu bergan ekspertlardan biri fikr bildirdi.

“Ekspertlar Rossiyaning zamonaviy tarixidagi eng yirik aviahalokat salonning portlovchi degermetizatsiyasi tufayli sodir bo‘lganiga amin”, - deyiladi materialda. Fyuzelajning butunligi kichikroq bomba portlashining natijasi bo‘lishi mumkin edi.
Ekspertlardan biri halokatni Pan American kompaniyasining 1988 yili Shotlandiyada qulagan Boeing-747 layneri bilan qiyosladi. O‘shanda 270 kishi halok bo‘lgan edi.

Tekshirishlar 3 yil davom etgan edi. Mutaxassislar laynerning topilgan parchalarini terib chiqib, fyuzelajning bir chetida tirqish hosil bo‘lganini, uning chetlari tashqariga qarab turganini aniqladilar. Bu tirqishni kichikroq bomba portlashi keltirib chiqargani aniqlandi. Tranzistorli qabul qilgich shaklida maskirovka qilingan bu bombani yukxonaga topshirgan yo‘lovchi parvozdan bosh tortgan edi. Asli liviyalik terrorchi bo‘lgan bu yo‘lovchi topilib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Top