18:31 / 02.11.2015
3113

2015 yilning uch choragida 45ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochildi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar soni 4 ming 300 dan ortdi. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar berdi.

Avtomobil va daryo transporti agentligining ma'lum qilishicha, ularning deyarli barchasi ochiq tender savdolari orqali joylashtirildi.

2015 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida 107ta ochiq tender savdosida 913ta yo‘lovchi yo‘nalishi joylashtirildi va 45ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochildi. 

O‘tgan davr ichida agentlik avtoparklari 408 yuk mashinasi, 77 mikroavtobus va 430 dona yengil avtomobil bilan to‘ldirildi hamda Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan «Isuzu» rusumli 340 yangi avtobus xarid qilindi.

Top