08:46 / 02.11.2015
2803

AQSh Ukraina armiyasining 6 ta batalonini tayyorgarlikdan o‘tkazmoqchi

Pentagon 23 noyabrdan Ukraina Qurolli kuchlarining 6 ta batalonini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishni boshlamoqchi. Bu haqda AQShning Yevropadagi quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonligi rasmiy vakili Donald Renn TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi.

Renning aytishicha, mudofaa vazirligining 5 ta va maxsus operatsiyalarni bajaruvchi 1 ta bataloni tayyorgarlikdan o‘tkaziladi va tayyorgarlik AQShning Fearless Guardian ("Qo‘rquvsiz posbon") dasturining “ikkinchi bosqichi” doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Avvalboshdan bu dastur Ukraina milliy gvardiyasini o‘qitish va jihozlashga qaratilgan edi. Endilikda dasturni Ukraina Qurolli kuchlariga qo‘llash ham rejalashtirilmoqda.

“6 ta batalonni tayyorlashga qo‘shimcha ravishda biz Ukraina Mudofaa vazirligi bilan o‘quv markazi va xodimlar tarkibini rivojlantirish borasida ham ish olib boramiz”, deb aytdi Renn va tafsilotlarga berilmadi.

Top