15:30 / 02.11.2015
4828

AQShda raketalarga qarshi mudofaa tizimi sinovlari yakunlandi

AQSh harbiylari ko‘p sathli raketalarga qarshi mudofaa tizimi sinovlarini yakunladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Sinovlar Tinch okeanidagi Ueyk oroli yaqinida o‘tkazildi. Unda raketalarga qarshi mudofaaga mas'ul bir qancha tashkilotlar ishtirok etdi.

Aytilishicha, sinovlar chog‘ida Aegis va THAAD tizimlarining ballistik va qanotli raketalarni tanib, yo‘q qilish imkoniyatlari aniqlangan.
Xabarnomada ta'kidlanishicha, THAAD yaqin masofani uruvchi raketani aniqlab, yo‘q qila olgan; bundan tashqari, John Paul Jones eskadrilya mina tashuvchisi bilan birgalikda u o‘rta masofani uruvchi raketani ham aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Ammo tizimning o‘zidan uchirilgan raketa texnik nuqson tufayli nishonga yetib bormagan. Buning sabablari o‘rganilmoqda.
Tizimni qo‘llab-quvvatlash alyansi asoschisi Riki Ellison AQSh birinchi marta ko‘p sathli mudofaa samaradorligini isbotlab berganligini alohida qayd qilib o‘tdi.

Top