11:06 / 02.11.2015
34770

Bekobodda “IShID fitnasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimligida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi mas'ul xodimlari, yoshlar, mutasaddi tashkilolar vakillari hamda mahalla faollari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi "Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati. Unda bugungi jahonda kechayotgan turli mojarolar, ayniqsa, diniy aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm kabi illatlar, ulardan ogoh bo‘lish, ularning nayrangiga uchmaslik haqida suxbatlashildi. Anjuman davomida Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” taqdimoti ham o‘tkazildi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li mazkur kitobning o‘ziga xos jihatlari, dunyo tinchligiga raxna solayotgan IShID jangarilarining maqsad-muddaolari, nayranglar, puch da'volari haqida gapirib, u haqidagi eng qimmatli ma'lumotlarni mazkur kitobdan topish mumkinligini bildirdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Top