09:24 / 02.11.2015
5420

Defense News: Rossiya Osiyo qurol-yarog‘ bozoriga kattaroq e'tibor qaratmoqda

YeI va AQShning sanksiyalaridan so‘ng G‘arb bozorlari Rossiya uchun yopilganidan so‘ng bu davlat Osiyo qurol bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda, deb hisoblaydi Defense News nashri.

“Rossiya Osiyo bozoridagi eng yirik ulushga ega bo‘lishi mumkin, negaki mintaqaviy yetakchilarga qulay kelishuv shartlarini taqdim eta oladi”, - deb yoziladi materialda.
Hindiston AQSh ishlab chiqargan samolyotlarni xarid qilishni kamaytirdi, yaqinda esa o‘zini o‘zi kemalar bilan ta'minlashini ma'lum qildi, bu bilan mamlakat ichida texnika terish trendini davom ettiradi, shu bois Rossiya qurol-yarog‘ni kimga sotishi noma'lum bo‘lib turibdi, deb hisoblaydi ekspertlar.

Agarda Rossiya Hindiston yoki Xitoy bilan shartnomalar imzolamasa, Malayziya singari davlatlardan yetarli darajada foyda ko‘ra olmaydi.

Top