12:34 / 02.11.2015
4703

Estoniyalik darvozabon faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvda qizil kartochka oldi

Estoniya chempionati vakili "Levadiya" jamoasi darvozaboni Sergey Pareyko "Flora" jamoasiga qarshi "Tallin derbisi" uchrashuvida qizil kartochka olib, maydonni jamoadoshlaridan ancha oldin tark etdi.

delfi.ee nashri xabariga ko‘ra, bu 38 yoshli darvozabonning faoliyatidagi so‘nggi o‘yini edi.

Pareyko o‘yinning 43-daqiqasida jarima maydonchasi ichida to‘pga chiqish vaqtida qo‘pol harakat qilishda ayblanib, maydondan chetlatilgan.

Shundan so‘ng, o‘yin hakami mezbonlar darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilangan va hisob ochilgan. "Flora" ikkinchi taymda yana bir gol urib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Shuningdek, bu mag‘lubiyat "Levada"ning ikkinchi o‘rinda qolish imkoniyatlarini pasaytirgan, bu o‘yindan keyin turnir jadvalida "Flora" 84 ochko bilan birinchi, "Levadiya" esa 73 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Uchinchi o‘rindagi "Kalyu" jamoasi ochkolari sonini 70taga yetkazib olgan.

Qayd etilishicha, 2011 yildan buyon "Flora" "Levada"ni mag‘lubiyatga uchrata olmayotgan edi.

Top