13:31 / 02.11.2015
4921

Kelimbetov nihoyat Qozog‘iston milliy bankidan ketdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev milliy bank rahbari Qayrat Kelimbetovni iste'foga chiqardi. Bu haqda uning senatga yo‘llangan murojaatida aytildi.

“Hozir bankka va milliy valyutaga – tangaga bo‘lgan ishonch tushib ketdi, bunga esa yo‘l qo‘ymaslik kerak. Mamlakatda tanga likvidligi defitsiti sezilmoqda, iqtisodiyotni kreditlash hajmi qisqarmoqda. Bu yomon ko‘rsatkichlar, ularni tuzatish ustida ishlash lozim”, - deyiladi murojaatda.

Kelimbetovning o‘rnini egallashga nomzod sifatida Nazarboyev 2007-2014 yillarda milliy bank raisi bo‘lgan Doniyor Akishevni taklif qildi.

Top