23:06 / 02.11.2015
15920

Kerri Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishi shartlarini ma'lum qildi

AQSh Minsk kelishuvlari bajariladigan bo‘lsa, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishi mumkin. Bu haqda Jon Kerri Rossiyada efirga uzatiladigan telekanallardan biriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Minsk kelishuviga erishilgan. Bu kelishuv barcha tomonlar: ayrimachilar, Rossiya, Kiyev tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi va bu harakatlar tomonlar erishilgan kelishuvga amal qilishlari uchun muhimdir. Og‘ir qurol-aslaha orqaga surilishi kerak, xalqaro chegaralar tahdidsiz qolishi kerak. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vaziyatni monitoring qilish uchun yo‘llanishi kerak”, deb aytdi Kerri.

Kerrining ta'kidlashicha, tan olinmagan respublikalardagi saylovlar Ukraina qonunchiligi bo‘yicha olib borilishi kerak, saylov uchastkalarida xalqaro kuzatuvchilar bo‘lishlari lozim.

“Donbassga alohida maqom berilishi kerak. Bularning barchasi amalga oshirilsa, o‘shanda sanksiyalar bekor qilinadi. O‘shanda biz Ukraina odamlariga foyda beradigan va ikki yildan beri mavjud bo‘lgan ixtilofni kamaytiradigan munosabatlarga qaytishimiz mumkin, deb umid qilaman”, deb ta'kidlab o‘tdi Kerri.

Top