21:25 / 02.11.2015
5692

KUN.UZ dayjesti: 2 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 2 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

AQShda Markaziy Osiyo davlatlariga yangi ko‘mak berish dasturi e'lon qilindi>>

AQSh hukumati Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘mak berish bo‘yicha bir qator yangi dasturlarini e'lon qildi, deb aytildi 1 noyabrda Samarqandda O‘zbekiston, AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra AQSh Davlat departamenti bergan xabarda.  

Qutqaruvchilar Misrdagi aviahalokatda halok bo‘lganlarning 171 nafar jasadini topishdi>>

Qutqaruvchilar Misrning Sinay yarimorolida Rossiya aviakompaniyasi samolyotining falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlarning 171 nafari jasadini topishdi, deb xabar bermoqda favqulodda vaziyatlar tezkor shtabi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Turkiyada saylovlar byulletenlarining 42 foizi hisob-kitob qilingandan keyin hukmron partiya yetakchilik qilmoqda>>

Turkiyada parlament saylovlari yakunlandi. Parlament saylovlari ovoz berish byulletenlarining 42 foizi hisob-kitob qilingandan keyin Turkiya hukmron partiyasi 53 ovoz to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi tvitterda CNN Turk telekanali.

Rossiya aviakompaniyalari Sinay yarimoroli shimolidan parvozlar amalga oshirishdan bosh tortdilar>>

Rossiya aviakompaniyalari “Kogalimavia” aviakompaniyasining layneri falokatga uchragandan keyin Sinay yarimoroli shimolidan parvozlar amalga oshirishdan bosh tortmoqdalar.

Peterburgda aviahalokat qurbonlari nomlari yozilgan 224ta shar osmonga chiqarildi>>

A321 aviahalokati munosabati bilan Sankt-Peterburgdagi Dvortsovoy maydonida yig‘ilgan motam marosimi ishtirokchilari 224ta sharni havoga chiqarishdi. Bu sharlarga aviahalokat qurbonlarining nomlari bitilgan edi.

Turkiyaning hukmron partiyasi parlament saylovlarida 49,36 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi>>

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi mamlakatdagi muddatidan avvalgi parlament saylovlarida 49,36 foiz to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Turkiya bosh vaziri saylovlar natijalarini demokratiya va turk xalqi g‘alabasi deb atadi>>

Turkiya bosh vaziri va mamlakatda 1 noyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi Ahmet Dovudo‘g‘lu saylovlar natijalarini demokratiya va turk xalqi g‘alabasi deb atadi.

Ekzit-pollar Ozarbayjonda hukmron partiya 66 parlament o‘rniga ega bo‘lishini bashorat qildi>>

“Yangi Ozarbayjon” partiyasi mamlakatda o‘tgan yakshanba amalga oshgan saylovlar natijalariga ko‘ra parlamentda 66ta o‘ringa ega bo‘lishi mumkin, deyiladi Mustaqil tadqiqotlar markazi ekzit-pollari taqdim etgan ma'lumotlarda.

Jon Kerri Qozog‘istonga yetib bordi>>

Qozog‘istondagi "Astana" nomli xalqaro aeroportga AQSh Davlat kotibi Jon Kerrini olib uchgan samolyot qo‘ndi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniya bosh vaziri va qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashadi>>

Keyingi haftada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniyaga rasmiy safar uyushtiradi. Safar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlaydi, deb ishonmoqdalar angliyalik mutaxassislar.

Erdo‘g‘an Turkiyadagi saylov natijalarini hurmat qilishga chaqirdi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an butun dunyo jamoatchiligini mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovi natijalarini hurmat bilan qabul qilishga chaqirdi.

“Kommersant'”: A321da portlash sodir bo‘lgani ehtimoli bor>>

Rossiyaning “Kogalimavia”kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyotining halokati bombaning portlashi natijasida sodir bo‘lgani ehtimoli mavjud. Bu haqda “Kommersant'” gazetasiga intervyu bergan ekspertlardan biri fikr bildirdi.

Rossiya yo‘lovchi samolyoti falokatga uchragan joy koinotdan suratga olindi>>

Rossiya FVV matbuot xizmati "Kogalimavia" samolyoti halokatga uchragan hududni monitoring qilish maqsadida sun'iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarni e'lon qildi. Shuningdek, Airbus-321 qulagan joy vertolyot yordamida tasvirga tushirilgan video ham internetga joylashtirildi.

Xitoy AQShning operatsiyasiga qurollangan qiruvchilar bilan javob berdi>>

AQShning Janubiy Xitoy dengiziga dengiz kuchlarini yo‘llaganiga javoban XXR dengiz kuchlari mashg‘ulotlarini boshladi va ularning doirasida havoga qiruvchilarini ko‘tardi. Bu haqda Gongkongning South China Morning Post nashri xabar berdi.

Pan Gi Mun: poraxo‘rlik ko‘plab kulfatlar, jumladan, terrorizm xavfini keltirib chiqaradi>>

Poraxo‘rlik ko‘plab dunyo miqyosidagi kulfatlar, shu jumladan, terrorizmning xavfini keltirib chiqaradi, dedi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Poraxo‘rlikka qarshi konvensiyasi ishtirokchi mamlakatlarining oltinchi sessiyasi (CoSP6)da qilgan nutqida.

AQShda raketalarga qarshi mudofaa tizimi sinovlari yakunlandi>>

AQSh harbiylari ko‘p sathli raketalarga qarshi mudofaa tizimi sinovlarini yakunladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Putin A321 samolyoti halokatini ulkan fojia deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti yo‘lovchilarining yaqinlariga ta'ziya bildirdi.

Germaniyadagi aeroportdan topilgan bombalar tufayli yettita reys bekor qilindi>>

Germaniyaning Dyusseldorf aeroportida 2 noyabr kuni Ikkinchi jahon urushi vaqtida portlamay qolgan bombalar topildi. 250 kilogramm vaznga ega snaryadlar aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi hududida, qoplamalardan chetroqda tuproq ostida saqlanib qolgan ekan. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

IShID Qozog‘istonda rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan olindi>>

Ostona sudi “Iroq va Shom islom davlati”ni rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining huquqiy statistika va maxsus hisobot qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlariga safaridan keyin Londonga boradi>>

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlariga safaridan keyin Londonga boradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Yamanga Chapala to‘foni yaqinlashmoqda>>

Yamanning Hind okeanida joylashgan Sokotra oroliga kuchli tropik to‘fon yopirildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘fon bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Sud-tibbiyoti ekspertlari Airbus A321 yo‘lovchilari o‘limi sabablarini ma'lum qildi>>

Sud-tibbiyoti ekspertlari Sinay yarimorolida halokatga uchragan A321 samolyoti yo‘lovchilarining o‘limi sabablarini ma'lum qildi. Yo‘lovchilar kuyish, qattiq zarbalar va ichki a'zolarning yorilishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan. 

The Sun: Kapello "Chelsi"da Mourinoning o‘rniga ish boshlashga tayyor>>

Italiyalik tajribali murabbiy Fabio Kapello "Chelsi"ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. Uning o‘zi shunday istagi haqida bildirgan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatgan.

OAV: Messi "el-klasiko" bahsida maydonga tushmasligi aniq bo‘ldi>>

"Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ”Real”ga qarshi Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Top