15:06 / 02.11.2015
2284

L’Equipe: «PSJ» Mourinoni taklif etmoqchi emas

"PSJ” jamoasi rahbariyati agar yangi murabbiy qidiruvini boshlab yuborsa, ”Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning nomzodini ko‘rib chiqmaydi.

Parijliklar ustozi Loran Blan bilan amaldagi bitim kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Hozircha “PSJ” 49 yoshli mutaxassisga uni uzaytirish taklifi bilan chiqmagan.

L’Equipe nashrining ma'lumotiga ko‘ra, jamoaning Chempionlar ligasidagi ishtiroki Blanning taqdirini hal etib beradi.

Agar “PSJ” rahbariyati yangi mutaxassis qidirishni boshlasa ham, Joze Mourino varianti ko‘rib chiqilmaydi, chunki, u qo‘llaydigan o‘yin uslubi parijlik klub rahbarlarini qoniqtirmaydi.

Bundan tashqari, portugaliyalik murabbiyning himoyachi David Luiz va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari yaxshi emas. “PSJ“ esa yozda Ronalduni xarid qilishni niyat qilgan.

Shu tariqa, “PSJ” bosh murabbiyligi lavozimiga Xosep Gvardiola (“Bavariya”), Arsen Venger (“Arsenal”) va Diyego Simeone (“Atletiko”) asosiy da'vogarlar sifatida e'tirof etilishmoqda.

Top