12:30 / 02.11.2015
3359

Masimov: Kerrining Qozog‘istonga tashrifi strategik hamkorlikning rivojlanishiga turtki bo‘ladi

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Qozog‘istonga tashrifi ikki tomonlama strategik aloqalarni yanada rivojlantirish uchun muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov aytib o‘tdi.

Xabarnomada ta'kidlanishicha, bosh vazir bu so‘zlarni Kerri bilan uchrashuv chog‘ida aytgan.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida dolzarb xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan axborot almashilgan. Shundan so‘ng Kerri qozog‘istonlik hamkasbi Yerlan Idrisov bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Top