10:05 / 02.11.2015
4057

Massachusets shtatidagi masjid devoriga USA so‘zlari yozib ketildi

Buzg‘unchi shaxslar Massachusets shtatining Boston shahri yaqinidagi hududda joylashgan masjid devoriga USA so‘zlarini turli shakllarda yozib ketishdi. Bu haqda 1 noyabr kuni Amerika-Islom jamiyati ma'lum qilgan.

Jamiyatning Bostondagi bo‘limi rahbari Jon Robbinsning ma'lum qilishicha, bu voqea yuzasidan AQSh FQBga tekshiruv o‘tkazish so‘ralib, murojaat qilingan.

Uning baholashicha, bu harakat amerikaliklar orasida aksilmusulmonchilik qarashlari yoyilishiga xizmat qilishi mumkin.

Bu voqea bo‘yicha hisobot Berlington politsiya boshqarmasiga yuborilgan. Shuningdek, bu holat tasvirlari internetda tarqalib ketgan.

Ushbu masjid Boston islom markazi hududida joylashgan. Masjid saytida ushbu buzg‘unchilikni amalga oshirgan shaxslar aniqlanishida yordam berishni so‘rab murojaat qilingan.

Top