10:04 / 02.11.2015
8294

Namanganda “O‘zbekiston islom harakati” targ‘ibotchilari ustidan sud yakunlandi

Namangan viloyat sudi “O‘zbekiston islom harakati” ekstremistik guruhining 4 nafar a'zosining ishini ko‘rib chiqishni yakunladi. Bu haqda “Diyonat” gazetasi xabar bermoqda.

Materialda aytilishicha, ular Sankt-Peterburgga borganlarida ushbu guruh ta'siriga tushib qolishgan. O‘zbekistonga qaytgach, ular mahalliy odamlarni guruh saflariga jalb qilib, Afg‘oniston, Pokiston va Turkiyaga ketishga, u yerdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishga undagan.
Sudlanuvchilarga 7-8 yillik qamoq jazolari tayinlandi.

Top