10:11 / 02.11.2015
3457

Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniya bosh vaziri va qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashadi

Keyingi haftada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Buyuk Britaniyaga rasmiy safar uyushtiradi. Safar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlaydi, deb ishonmoqdalar angliyalik mutaxassislar, deb xabar bermoqda 24.kz nashri.

Buyuk Britaniyada Qozog‘iston prezidentining tashrifini intiqlik bilan kutmoqdalar. Bundan Nazarboyev va tumanli Albionning birinchi shaxslari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ko‘plab uchrashuvlar ham darak bermoqda. Nursulton Nazarboyev dastlab mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashadi. Keyin bayonnoma bo‘yicha Nazarboyev va qirolicha Yelizaveta II o‘rtasida rasmiy tushlik bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, bunday sharafga sanoqli jahon yetakchilarigina sazovor bo‘lishgan.
Shundan keyin Yevropaning eng badavlat va nufuzli oilalaridan birining vakili lord Rotshild Nazarboyev bilan global iqtisodiyot va siyosat masalalarini muhokama qiladi.

Bu Qozog‘istonda o‘tgan prezidentlik va Buyuk Britaniyada o‘tgan parlament saylovlaridan keyin Nazarboyevning Yevropaga birinchi tashrifi bo‘ladi. Tajribali mutaxassislar bu tashrifda Ostona va G‘arbning yaqinlashishga urinishiga yaqqol signalni ko‘rishmoqda.

Angliya ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ingliz isteblishmenti ham bu uchrashuvga o‘zining katta qiziqishini yashirmayapti.

Top