00:40 / 02.11.2015
3584

OAV: Afg‘onistonda bir kun ichida 44 tolib yo‘q qilindi

1 noyabrda Afg‘oniston viloyatlarida yuz bergan ikki to‘qnashuv davomida “Tolibon” radikal harakatining 44 ga yaqin jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat hukumati bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Birinchi to‘qnashuv Gilmend viloyatida sodir bo‘ldi. Mahalliy politsiya boshlig‘ining aytishicha, operatsiya davomida 30 jangari yo‘q qilingan.

“O‘nlab toliblar 1 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 10.00da Naxri-Saroy tumanidagi yo‘l politsiyasi postini shturm bilan bosib oldi. Buning oqibatida politsiya bilan jangarilar orasida soat 15.00 gacha davom etgan katta otishma yuz bergan. Oxir-oqibatda 30 jangari yo‘q qilingan, qolganlari esa qochishga majbur bo‘lgan”, deb aytdi politsiya boshlig‘i.

Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko‘ra, otishma davomida faqatgina bir nafar politsiyachi yaralangan.

Ikkinchi to‘qnashuv Afg‘onistonning shimolidagi Qunduz viloyatida yuz bergan. Agentlikning ma'lum qilishicha, bu yerdagi to‘qnashuvda 14 jangari bartaraf etilgan.

“Xavfsizlik kuchlari 1 noyabr ertalab Qunduz viloyatining shimolida joylashgan qishloqdagi “Tolibon”ning yashirin panagohlariga qarshi operatsiya boshladi va ayni paytda 14 nafar jangari, jumladan guruhning rahbarlaridan biri Mulla Shakib yo‘q qilindi”, deyilmoqda viloyat rahbari bergan xabarda.

Top