10:01 / 02.11.2015
3336

OAV: Samarqand shifoxonalari qish mavsumiga tayyormi?

Samarqand shahrida joylashgan tibbiyot muassasalarini qish sovuqlarga tayyorlash bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishlab chiqib, hokimiyat tasdiqlagan tadbirlar rejasi deyarli amalga oshirib bo‘lindi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Hasan Murtazoyev aytib o‘tdi.

“34 muassasada eskirgan 40 isitish qozoni almashtirildi. Bugungi kunda 2 tibbiy muassasada qozonlarni almashtirish ishlari davom etmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi “Samarkandskiy vestnik” nashri.

Bundan tashqari, viloyat ko‘p ixtisosli tibbiy markaz bosh shifokorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Vohid Rahimovning ta'kidlashicha, havoning keskin sovushi munosabati bilan binolar individual maishiy pechlar va qozonlar yordamida isitilmoqda.

Shunga qaramay, mahalliy jurnalistlar tibbiy muassasalarning tayyorgarligiga biroz shubha bilan qaramoqda, negaki ayrim shifoxonalarda hamon isitish tizimi ishga tushmagani borasida xabarlar tarqalmoqda.

Top