21:57 / 02.11.2015
3637

Olmaliq tog‘- metallurgiya kombinati mis xomashyosi bazasini kengaytirish bo‘yicha 101 mln dollarlik loyihani amalga oshirishni boshladi

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati “Qalmaqir” konida kombinatning asosiy xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Sputnik nashri ma'lum qildi.

Loyiha balansdan tashqari mis rudasi karerini qazishni ko‘zda tutadi. Bu 2017 yilga qadar 4 mln tonna xomashyoni qo‘shimcha qayta ishlashga imkon beradi. Loyiha qisqa muddatli istiqbolda mis ishlab chiqarish hajmini 3-4 foizga oshirishga imkon beradi.

101,1 mln dollarlik loyihani moliyalashtirish O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasining 41,3 mln dollarlik, O‘zbekiston banklarining 40,3 mln dollarlik kreditlari va kombinatning 19,4 mln dollarlik o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

“Qalmaqir” konida qazish ishlari 1954 yildan olib boriladi. Konning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 31,5 mln tonna rudani tashkil qiladi. 2007 yil yanvar holatiga ko‘ra, konning geologik zaxiralari 6,15 mln tonna mis, 98,4 ming tonna molibdenni tshkil qilgan. 2012 yilda kombinat konni kengaytirish bo‘yicha 122,2 mln dollarlik loyihani o‘z yakuniga yetkazgan edi.

Olmaliq tog‘- metallurgiya kombinati O‘zbekistonda mis ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi.

Top