18:24 / 02.11.2015
5842

Oltoyda eng kichkina chuchvara tugildi

Oltoy o‘lkasining Biysk shahrida og‘irligi 0,0016 gramm keladigan chuchvara tugildi, deb xabar bermoqda shahar ma'muriyati.

“Chuchvara uchun xamir tish kavlagich yordamida yoyildi, rekord esa o‘ta aniq analitik tarozilarga ega laboratoriyada qayd etildi, bu tarozining maksimal noaniqligi 0,0005 grammdan oshmadi”, deb aytdi FlashSiberia nashriga shahar ma'muriyati vakili Yuliana Bakulina.

Dunyodagi eng kichkina chuchvaraning bir porsiyasi, ya'ni 15 ta tayyor chuchvaraning og‘irligi 0,0641 grammni tashkil qildi.

Rekord o‘lchamdagi chuchvaralarni tugish Sport chuchvara tugish (pelmening) federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi.

Bakulinaning ta'kidlashicha, hozirda ushbu rekordni Rossiya va Ginness rekordlar kitobiga kiritish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.

Top