17:08 / 02.11.2015
3286

Peskov: A321 halokati bo‘yicha hech qaysi talqin istisno qilinmaydi

Sinay hududida qulagan rus samolyoti haqidagi birorta ham talqin istisno tariqasida qoldirish mumkin emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

Uning so‘zlariga ko‘ra, surishtiruv ishlari endi boshlang‘ich bosqichga kirgan.

«Hozir har qanday talqinni istisno qilish mumkin emas. Ayniqsa surishtiruv tergov ishlari endigina boshlangan paytda bu muhim ahamiyat kasb etadi. Tergov natijasida aynan qaysi talqin bo‘yicha asosiy surishtiruv olib borilayotgani haqida hozircha bir narsa deb bo‘lmaydi», — deya gapirib o‘tgan Peskov.

Shu bilan birga u «tergov ishining hech bo‘lmasa ilk natijalarini intizorlik bilan kutayotganini» ma'lum qilib o‘tgan.

Top