07:22 / 02.11.2015
4254

Peterburgda aviahalokat qurbonlari nomlari yozilgan 224ta shar osmonga chiqarildi

A321 aviahalokati munosabati bilan Sankt-Peterburgdagi Dvortsovoy maydonida yig‘ilgan motam marosimi ishtirokchilari 224ta sharni havoga chiqarishdi. Bu sharlarga aviahalokat qurbonlarining nomlari bitilgan edi.

"Motam tadbiri ishtirokchilari maydonga to‘planishdi. Ularning har birida qo‘l fonarlari bor. Ular yelkama-yelka turib, shamlarni yuqori ko‘tarishgan. Aviahalokatda qurbon bo‘lgan 224 kishining xotirasi uchun ramziy ravishda osmonga 224ta shar chiqarildi", deb ma'lumot bergan tashkilotchilardan biri Radmir Xusnutdinov.

Uning aytishicha, maydonga 2 mingga yaqin kishi kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabrda Misrning Sharm-al-Shayx shahridan Sankt-Peterburgga uchib ketayotgan “Kogalimavia” aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti Misrda falokatga uchragan edi. Samolyotda bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘lgan.

Top