08:52 / 02.11.2015
3189

Sinay shimoli ustidan parvozlar Misr hukumati va Yevronazorat talabiga ko‘ra to‘xtatildi

Rossiya yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan Sinay yarimoroli shimoli osmonidagi parvozlar Misr hukumati hamda Yevronazorat talabiga ko‘ra to‘xtatildi, deya xabar berdi Havo navigatsiyasi xavfsizligi bo‘yicha Yevropa tashkiloti (Yevronazorat)ning dispecherlarni boshqarish markazi.

Rasmiy murojaatda keltirilishicha, avval Kipr tomonidan Sinay yarimoroli shimoli ustidan parvoz qilgan reyslar o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari lozim.

Yevronazorat (IFPS) avvaldan belgilangan mazkur hududdan uchib o‘tish rejalarini qabul qilmaydi, deya xabar bermoqda Avherald aviatsion portali.

Aviakompaniyalarga yarimorol shimolini g‘arb — Qohira yoki Port-Said tomondan aylanib o‘tish tavsiya qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib falokatga uchradi. Mazkur samolyot bortidagi 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosining barchasi halok bo‘ldi. 

Top