07:30 / 02.11.2015
2017

Somalidagi terakt qurbonlari soni 17 nafarga yetdi

Mahalliy hukumatning xabar berishicha, 1 noyabr kuni Somali poytaxti Mogadisho shahridagi mehmonxonaga "Ash Shabob" jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganllar soni 17 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda DPA agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, shifoxonaga olib kelinganlar orasida ahvoli juda og‘irlar ham bor.

Qurbonlar orasida "Sahafi" mehmonxonasi xo‘jayini, bir necha siyosatchi hamda maxsus xizmat xodimlari bor.

1 noyabrga o‘tar kechasi avvaliga "Sahafi" mehmonxonasi darvozasiga kelib urilgan mashina portlagan, darvoza ochilgach, jangarilar guruhi ichkariga bostirib kirishgan va o‘t ochishni boshlagan.

Top