18:43 / 02.11.2015
21029

Sud-tibbiyoti ekspertlari Airbus A321 yo‘lovchilari o‘limi sabablarini ma'lum qildi

Sud-tibbiyoti ekspertlari Sinay yarimorolida halokatga uchragan A321 samolyoti yo‘lovchilarining o‘limi sabablarini ma'lum qildi. Yo‘lovchilar kuyish, qattiq zarbalar va ichki a'zolarning yorilishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda LifeNews huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbalari ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘plab yo‘lovchilarning vafotiga bir vaqtda bir nechta omillar sabab bo‘lgan.

Shu vaqtga qadar aviahalokatning 100 nafar qurbonining jasadi o‘rganilgan. O‘limga olib kelgan aniq sabab va vafot etgan vaqtni aniqlash uchun esa eng kamida 15ta tekshiruvni o‘tkazish talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 31 oktabr kuni Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Mazkur samolyot bortidagi 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosining barchasi halok bo‘lgan.

Top