19:09 / 02.11.2015
3248

Toshkentda korxona rahbaridan yashirinchi 15 mln so‘mga ketchup sotib yuborgan ombor mudiri sudlandi

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tib, oziq-ovqat mahsulotlari sotish bilan shug‘ullangan Malika-Bonu-Savdo MChJ ombor mudiri Temur Ashuraliyev noqonuniy oldi-sotdi qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, u MChJ rahbaridan yashirgan holda 8.7 mln so‘mlik shokolad, 15.54 mln so‘mlik ketchup va 7 mln so‘mlik konservalangan jo‘hori va bodring sotib yuborgani aniqlangan. Savdodan tushgan pullarni u o‘z ehtiyojlariga ishlatgan. Uning tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazgan zarar 31 mln so‘mdan ortib ketgan.

Sud Ashuraliyev o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etganligini inobatga olgan holda unga nisbatan ochilgan jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqardi.

Top