07:59 / 02.11.2015
3095

Turkiyaning hukmron partiyasi parlament saylovlarida 49,36 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi mamlakatdagi muddatidan avvalgi parlament saylovlarida 49,36 foiz to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Partiya endi bir o‘zi hukumatni shakllantira oladi.

So‘l sentristik Xalq-respublika partiyasi 25,44 foiz, Milliy harakat partiyasi 11,96 foiz ovoz to‘pladi. Kurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasi esa 10,65 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Top