10:17 / 02.11.2015
4371

Yapon floti yangi jangovar suv osti kemasiga ega bo‘ldi

Yaponiyaning Kobe portida suv sig‘imi 4200 tonna bo‘lgan "Sekiryu" dizel-elektr suv osti kemasi suvga tushirildi. U Kawasaki Shipbuilding korporatsiyasining kemasozlik verfida tayyorlandi.

"Sekiryu"ning uzunligi 84 metrni tashkil etib, kema-kema sinfiga oid “garpun” raketalarini otishga mo‘ljallangan 6ta torpeda uskunasi bilan qurollangan.
Mutaxassislarning fikricha, bu dunyodagi eng yaxshi submarinalardan biri hisoblangan "Soryu" sinfiga oid sakkizinchi suv osti kemadir.

U suv ostida uzoq muddat yurishi bo‘yicha atom suv osti kemalari xususiyatlariga yaqin va ovoz chiqarmasligi bilan anchagina farq qiladi. Ayni paytda Avstraliya o‘z verflarida Yaponiya bilan hamkorlikda xuddi shunday suv osti kemalarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan Tokio o‘z flotida 16ta jangovar va 2ta o‘quv suv osti kemalariga ega bo‘ldi.

Top