12:53 / 03.11.2015
3363

“O‘zavtosanoat” AK avtomobilsozlikni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2.3 trln so‘mga baholadi

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ekspertlari yengil avtomobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2.3 trln so‘mga baholadilar. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Yusupov IX Xalqaro xalq sanoati yarmarkasi va kooperatsion birjasi chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning ta'kidlashicha, yengil avtomobil 7 mingdan ortiq detallardan iborat. Sohada
3.4 mingdan ortiq detal mahalliylashtirildi. Shu tariqa, lokalizatsiya darajasi 50 foizga yetdi. Ayni paytda ehtiyot qismlarini “O‘zavtosanoat” tarkibidagi 20 korxona, 160 mahalliy o‘rta va kichik ishlab chiqaruvchi hamda 20 davlatda faoliyat yurituvchi 120 korxona yetkazib bermoqda.

Bundan tashqari, yana 3.5 mingdan ortiq detallar mahalliylashtirilishi lozim. Bunga o‘rtacha 2 yil ketishi kutilmoqda.

Top