17:34 / 03.11.2015
2923

Chet elliklarga Ukraina armiyasida xizmat qilishga ruxsat berildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Ukraina qurolli kuchlarida harbiy xizmat o‘tashga ruxsat beradigan qonunni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Qonun Oliy Rada tomonidan 6 oktabr kuni qabul qilingan edi.

Hujjatda tushuntirilishicha, xalqaro huquqiy amaliyot xorijliklarning shartnoma asosida rasmiy harbiy qismlarda, o‘z yurtidan tashqarida xizmat o‘tash huquqini belgilab bergan. Shu bois Ukrainada ham shunday amaliyot joriy qilinmoqda.
Bundan tashqari, shartnoma asosidagi harbiy xizmatga muqaddam sudlanmagan, Ukrainada qonuniy asosida yashayotgan chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslar qabul qilinishi mumkinligi belgilab berildi.

Top