22:15 / 03.11.2015
8452

Dollar kursi tengega nisbatan eng yuqori darajani qayd etishga yaqin bo‘lib turibdi

Qozog‘iston fond birjasi (KASE) ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh dollarining o‘rtacha darajasi 283,23 tengega yetdi. Bu rekord darajadagi qiymatni yangilash uchun yana 75 tiyin kifoya qiladi, deb xabar bermoqda Nur.kz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston tarixida AQSh dollarining tengega nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichi joriy yilning 16 sentabr kuni qayd etilgan edi. O‘shanda mahalliy birjaning tonggi sessiyasi bo‘yicha 1 AQSh dollarining qiymati 283,98 tengi etib belgilangandi.

Shundan so‘ng, pul ayirboshlovchilar dollar narxini oshira boshlashdi. Qozog‘istonning ayrim joylarida kurs qiymati 300 tengiga qadar ko‘tarilgandi.

Qozog‘iston milliy banki bularning barini chayqovchilik hujumi deb atadi. Shundan so‘ng mamlakatda AQSh dollarining tengega nisbatan qiymatini shu vaqtga qadar 270 tengega “ushlab turishgan” edi.

Top