09:39 / 03.11.2015
13818

Ekspert: Toshkent ekstremistlardan qo‘rqmaydi

Toshkent Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida ekstremistlar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumlardan qo‘rqmaydi. Bu haqda siyosatshunos Valeriy Xan aytib o‘tdi.

“Toshkent Afg‘oniston chegarasidan ekstremistlar tomonidan uyushtirilish mumkin bo‘lgan hujumlardan qo‘rqmaydi, - dedi u. – 140 km li chegara harbiy katerlar, minali maydonlar va elektrik qo‘rali to‘siqlarga ega daryo bilan himoyalangan. IShID, O‘IH va boshqa tashkilotlarning jangarilari Shimoliy Afg‘onistonda qanchalik yaxshi o‘rnashishsa, O‘zbekistonga emissarlarini yuborish, targ‘ibot materiallari tarqatish va odamlarni yollash imkoniyati shunchalik ko‘payadi”.

Top