14:43 / 03.11.2015
4973

Ekspertlar: A321 samolyoti halokati yerida uning konstruksiyasiga daxldor bo‘lmagan unsurlar topildi

Sinayda, Rossiyaning A321 avialayneri halokati yerida ishlayotgan ekspertlar u yerda samolyot konstruksiyasiga daxldor bo‘lmagan unsurlar topilganini ma'lum qilishdi.

Bu haqda komissiya tarkibidagi manbalariga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Ekspertlar fojia zonasida samolyot konstruksiyasiga aloqador bo‘lmagan detallar topishdi. Ular ekspertizaga yo‘llandi”, - deyiladi xabarnomada.

Top