15:44 / 03.11.2015
3186

Gelenjikda tez yordam mashinasiga hujum qilgan Rolls-Royce egasi jabrlanuvchi deb topildi

Gelenjikda tez yordam brigadasi xodimlari bilan mushtlashgan Rolls-Royce egasi Jo‘mart Kamenov jabrlanuvchi deb topildi. Bu haqda “Yugopolis” nashri xabar bermoqda.
Kamenov tomonidan do‘pposlangan tez yordam mashinasi haydovchisi 5 ming rubl jarima to‘laydigan bo‘ldi.

O‘tgan yilning 24 avgust kuni Gelenjikda tez yordam brigadasi chaqiruv bo‘yicha isitmasi ko‘tarilgan bolani tekshirishga kelib, mashinasi pod'yezd yaqinida joylashtirgan. Shu paytda Moskva raqamlariga ega Rolls-Royce bu yerdan o‘tayotgan edi. Qimmatbaho mashina egasi tibbiy xodimlari bilan janjallashib, reanimobil haydovchisiga hujum qilgan edi.

Mashina ichidagi 3 kishi unga tibbiyot xodimini kaltaklashda “yordam” berib yubordi. Haydovchiga yordam bermoqchi bo‘lgan ayol feldsher ham boyvachcha bezorilar tomonidan savalandi.
O‘tgan yil oktabrida Jo‘mart Kamenov bir yillik ozodlikni cheklash jazosiga mahkum etilgan edi. Ammo Kamenov apellyatsiyaga berib, reanimobil haydovchisining aybdor deb topilishiga va 5 ming rubl jarima to‘lashiga erishdi.

Top