08:26 / 03.11.2015
3818

Gruziya bosh vaziri: Saakashvili mamlakatda inqilob orqali davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvilining ma'lum qilishicha, mamlakatning sobiq prezidenti, ayni vaqtda Ukrainada Odessa viloyati gubernatori sifatida ishlayotgan Mixail Saakashvili Gruziyada inqilobiy yo‘l bilan davlat to‘ntarilishi amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda u Estoniya poytaxti Tallin shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida aytib o‘tgan.

"Mixail Saakashvili Gruziyada hokimiyatni ag‘darish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning bu maqsadini fosh etadigani dalillar bor, tegishli audioyozuv Ukrainadagi saytlardan birida e'lon qilingan", deydi u.

Uning aytishicha, gruzinlarning aksar qismi Saakashviliga Gruziyada o‘rin yo‘q, deb hisoblaydi.

"Menimcha esa uning o‘rni qamoqxonada", deya qayd etib o‘tgan vazir.

Top