19:00 / 03.11.2015
3693

Jyerri Brukxaymer Hollivud asri yakuniga yetayotganini bashorat qildi

Hollivudning eng omadli prodyuserlaridan biri Jyerri Brukxaymer The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida AQSh kinobiznesda yetakchilikni Xitoyga boy berishini aytdi.

“Xitoyda haftasiga 10-12 kinoteatr quriladi. Ularning kinobozori ulkan miqyosga ega bo‘ladi. Rossiya ham rivojlanmoqda. Hozir xitoylar necha milliard? Hukumat rejasiga ko‘ra, megapolislar to‘lib ketmasligi uchun odamlarni qishloqlarda ushlab turish lozim. Kinokomplekslarni qurish odamlarning joylarda hordiq chiqarishiga ko‘mak beradi”, - dedi prodyuser.

Shuningdek, u kinochilarga daromadning 70 foizini chet el bozorlarini keltirishini tan oldi.

Top