14:26 / 03.11.2015
3806

Jon Kerrining Markaziy Osiyo turnesining oxirgi nuqtasi – Turkmaniston

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesi doirasida ushbu mintaqadagi to‘rt mamlakat – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda bo‘ldi. Yevropaga ketish oldidan u Turkmanistonga safar uyushtiradi.

OAVda xabar qilinishicha, turnedan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlashdir. Bir qator ekspertlarning ta'kidlashicha esa, safarning birlamchi maqsadi avvalo mintaqaning AQShga qiziq ekanligini namoyish etib berishdir.

AQSh diplomatiya rahbari turnesining oxirgi nuqtasi Turkmanistondir. Ushbu davlat ulkan gaz zaxiralariga ega, lekin demokratiyani ta'minlashdagi muammolar tufayli AQSh Davlat departamenti tomonidan ko‘p bora tanqid ostiga olingan.

Ta'kidlanishicha, mintaqa terrorchilik xavfini bartaraf uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi, negaki bevosita Afg‘oniston bilan chegaradoshdir. Bu davlatda esa 2016 yilga qadar AQShning 5 ming harbiy xizmatchisi qolishi borasida qaror yaqinda Obama ma'muriyati tomonidan qabul qilindi. Shu bois AQSh Markaziy Osiyoga ilgarigiday muhim ahamiyat berishini ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

O‘z navbatida, ekstermizmga qarshi maqsadida mintaqa davlatlari ham AQSh, ham Rossiya, ham Xitoy bilan birday hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilmoqda.

Top