10:04 / 03.11.2015
3983

Krishtianu Ronaldu: «Men «Real»dan ketishim mumkinmi? Albatta, mumkin»

"Real" klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadan ketishi mumkinligini istisno qilmadi.

"Men "Real"dan ketishim mumkinmi? Nega endi yo‘q? Men hozirda Madridda o‘ynayapman, biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Seni baxtli qiladigan ishni amalga oshirishing lozim. Ertaga nimalar ro‘y berishini hech kim bilmaydi", - dedi 30 yoshli Ronaldu Kicker nashriga.

Biroz oldinroq, Yevropa nashrlarida Ronaldu "Real"ni 2016 yilning yozida tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan eldi. Uning xizmatlariga "MYu" va "PSJ" jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt saytida Ronalduning transfer narxi 120 million yevro qilib belgilangan.

Top