21:10 / 03.11.2015
5975

KUN.UZ dayjesti: 3 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 3 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Yerda magnit bo‘roni boshlandi>>

29 oktabr kuni Quyoshda yirik portlash sodir bo‘lganidan so‘ng 3 noyabr kuni Yerda magnit bo‘roni boshlandi.

Bangkok osmonidan meteorit uchib o‘tdi>>

Tailand poytaxti Bangkok ustidan yirik yorug‘lik taratuvchi meteorit uchib o‘tdi. Guvohlar shahar osmonini yoritgan osmon jismining parvozini avtoregistratorlar yordamida olingan video tasvirlarni internetga joylashtirishdi.

Muslima Avstraliyada “Yil Ayoli” bo‘ldi>>

Avstraliyada o‘tkazilgan Telstra NSW-2015 mukofotining “Yilning tadbirkor ayoli” yo‘nalishida muhandis-konstruktor, madaniyat bo‘yicha maslaxatchi va Qirollik Avstraliya dengiz floti biznes-lideri, kapitan Mona Shindi (Mona Shindy) eng yaxshi deb topildi.

Yaponiya Tojikiston va Afg‘onistonda chigirtkalarga qarshi kurashadi>>

Yaponiya Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonda chigirtkalarga qarshi kurash loyihasiga 5 mln dollar ajratadi. Loyiha uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘tgan yili “Markaziy Osiyo Yaponiya” dialogi doirasidagi TIVlar uchrashuvida Tojikiston tashabbusi bilan imzolangan edi.

AQShda 2 o‘smir 100ta gamburger sotib olib, uysizlarga tarqatishdi>>

Amerikalik ikki yigit uysiz kambag‘allarning qornini to‘yg‘azish va ularning ahvoli haqida jamoatchilikka yetkazish maqsadida xayriya tadbiri o‘tkazishdi. Ularning bu harakatlari videotasvirga olingan va bu tasvir internetga joylashtirilgan.

Ruhiy nosog‘lom xitoylik o‘z pullarini yirtib tashladi>>

Xitoyning Sichuan viloyati, Emeyshan shahridagi 70 yoshli Lo 47600 yuanni yirtib tashladi. Bu uning nosog‘lom ruhiy holati bois sodir bo‘ldi. Lo o‘ziga kelgach, qilgan ishidan afsuslanib, qayg‘uga botib qolgan. Uning oila a'zolari unga yordam berishga ahd qilishdi.

Amerikaliklar xudoga kamroq ishonmoqda>>

AQSh aholisi biror-bir dinga kamroq e'tiqod qila boshladi, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi Pew Research Center izlanishlari natijalariga asoslanib. 

Arizonalik erkak nabirasi qo‘liga to‘pponcha berib, uning yakka o‘zini cho‘lda qoldirib ketdi>>

AQShning Arizona shtatida yashovchi erkak o‘zining besh yoshli qiz nabirasining qo‘liga qurol berib, yolg‘iz o‘zini cho‘lda qoldirib ketgani huquq-tartibot idorasi xodimlarining diqqat markaziga tushdi. Reuters bergan xabarga ko‘ra 53 yoshli erkak o‘z nabirasini “qalin-qattiqqa” o‘rgatmoqchi bo‘lgan.

Gelenjikda tez yordam mashinasiga hujum qilgan Rolls-Royce egasi jabrlanuvchi deb topildi>>

Gelenjikda tez yordam brigadasi xodimlari bilan mushtlashgan Rolls-Royce egasi Jo‘mart Kamenov jabrlanuvchi deb topildi. Bu haqda “Yugopolis” nashri xabar bermoqda.

Amerikalik sportchi sakrash vaqtida o‘z parashyutini yoqib yubordi>>

AQShlik parashyutdan sakrash bo‘yicha instruktor Brianna Tompson barchani e'tiborini o‘zi tomonidan amalga oshirilgan tryukka qaratdi.

Braziliyada hovlida zaharli ilonni tutib olgan go‘dak uni tishlab o‘ldirdi>>

Braziliyaning Mostardas shahrida 17 oylik Lorentso o‘zi yashaydigan uyning orqa hovlisida tutib olgan zaharli ilonni tishlab, o‘ldirdi, deya yozmoqda Latin American Herald Tribune nashri.

Britaniyada Subway restorani xodimasi muzlatgichda bir kechaga qamalib qoldi>>

Buyuk Britaniyadagi Subway restoranlar tarmog‘ining Gloster shahridagi shoxobchasida ishlaydigan Karli ismli qiz restorandagi muzlatgichda 8 soatga yaqin vaqt o‘tkazdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Adelning yangi qo‘shig‘i onlayn sotuv bo‘yicha rekord o‘rnatdi>>

Adelning yangi Hello qo‘shig‘i zamonaviy musiqa tarixida bir hafta ichida million nusxada sotilgan kompozitsiya bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Munisa Rizayeva yana bir marotaba tanqidchilarni “Xudoga soldi”>>

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda ko‘plab muhokamaga sabab bo‘layotgan xonanda Munisa Rizayeva 19-21 oktabr kunlari “Istiqlol” san'at saroyida o‘tkazgan konsert dasturidan so‘ng yana bir bora internet qahramoniga aylandi. 

O‘zbekistonliklar "O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlashadi>>

"O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlash uchun tashkil qilingan aksiyaning final bosqichi boshlandi. Ushbu aksiya orqali O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy va sayyohlik obektlariga ovoz berlib, 7ta g‘olib saralanadi. Bu haqda ZiyoNET portali ma'lum qilgan.

“Shum bola” filmi byudjyeti qanday tejalgani aytildi>>

“Oila davrasida” gazetasi O‘zbekiston kinematografining mumtoz kartinalaridan biriga aylangan “Shum bola” filmiga oid bir qancha qiziqarli tafsilotlar haqida yozib chiqdi. Ilgari ularning ayrimlari keng jamoatchilikka yaxshi tanish emas edi.

Amazon o‘zining ilk oflayn kitob do‘konini ochdi>>

1995 yildan beri kitoblar sotishni boshlagan Amazon onlayn-do‘koni 20 yil o‘tib, oflayn ko‘rinishda ham ish boshladi. 

Candy Crush Saga o‘yinini ishlab chiqqan kompaniya 5,9 mlrd dollarga sotildi>>

Activision Blizzard nashriyoti King Digital Entertainment — mashhur Candy Crush Saga o‘yinini yaratgan kompaniyani sotib oldi. Bu haqda Reuters xabar qildi.

Livan avtomobilsozlari ming ot kuchiga ega karbonli superkar yaratadi>>

Birinchi arab superkari hisoblanmish Lykan Hypersport’ni yaratgan Livanning W Motors kompaniyasi yangi modelni debyutga tayyorlamoqda. Uning nomi Fenyr SuperSport bo‘lib, 10 noyabr kuni Dubaydagi xalqaro motorshouda namoyish etiladi.

Google ko‘chadagi bilbordlarda “aqlli” reklamani ishga tushirdi>>

Google kompaniyasi Londonning ko‘cha bilbordlarida (ko‘cha reklamasi uchun mo‘ljallangan moslamalar)  DoubleClick relevant reklama texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni boshladi, xeb xabar bermoqda Business Insider nashri

Google o‘zining “aqlli” avtomobillarini yo‘llarda bolalarni tanishga o‘rgatmoqda>>

Google kompaniyasi o‘zining avtopilotga ega avtomobillarini yo‘llarda bolalarni tanishga o‘rgatmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida ma'lum qilindi.

Top