10:15 / 03.11.2015
2286

Nazarboyev Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida Qozog‘istonga investitsiya oqimini oshirish masalasini muhokama qiladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Londonga rasmiy tashrifi chog‘ida investitsion oqim hajmini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlaridagi istiqbollar muhokama qilinadi.

Nazarboyevning matbuot kotibi tarqatgan axborotga ko‘ra, Qozog‘iston yetakchisi bugun Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuv o‘tkazadi, shuningdek, Yelizaveta II tomonidan qabul qilinadi. Shundan keyin u Britaniyaning ishbilarmon davralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Bu Nazarboyevning Buyuk Britaniyaga uyushtirgan to‘qqizinchi tashrifidir. Bu safargi tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan, deb xabar berdi Qozog‘iston senati raisi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Top