11:51 / 03.11.2015
3493

Noma'lum kishilar Ukraina bosh prokurorining xonasini o‘qqa tutishdi

2 noyabr kuni Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin majlis olib borayotgan xona derazasiga noma'lum kishilar tomonidan ikki marta o‘q uzildi.
Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati rasmiy vakili Yelena Gitlyanskaya o‘zining feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, otishma natijasida hech kim jabr ko‘rmagan. Voqea joyiga Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor-tekshiruv guruhi jo‘natilgan.
Gitlyanskaya tergov harakatlari natijasida yuzaga kelgan adovat tufayli Bosh prokurorning xonasini snayper vintovkasidan o‘qqa tutishgani xabarini tasdiqlamadi.

Top