14:46 / 03.11.2015
2435

Olland Putinni BMT iqlimiy konferensiyasiga taklif qildi

Fransiya prezidenti Fransua Olland rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni 30 noyabrdan 11 dekabrga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan BMT iqlimiy konferensiyasiga taklif qildi. Bu haqda Europe 1 radiostansiyasi xabar bermoqda.
“Men Vladimir Putinni shaxsan taklif qildim. Chunki bizning fikrlarimizda bir qator syujyetlar bo‘yicha nomuvofiqliklar bo‘lishi mumkin, ammo iqlim masalasida barchamiz bir fikrdamiz, negaki bu butun insoniyatga daxldor masaladir”, - dedi Fransiya yetakchisi radiostansiya efirida.

Top