11:57 / 03.11.2015
3188

O‘zbekistonda bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi

2 noyabrdan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari emlash punktlarida bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi.

Prevenar 13 – pnevmokokk infeksiyaga qarshi 2, 3, va 12 oylik go‘daklar emlanadi. Bu haqda 2 noyabr kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Prevenar 13 – pnevmokokkga qarshi vaksinaning amaliyotga joriy etilishi pnevmokokk infeksiyasining oldini olishda ishonchli qadam” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vaksinaning xavfsizligi, yaroqliligi kafolatlangan. Mazkur emlash bepul amalga oshiriladi.

Tadbir doirasida Yunusobod tumanidagi 51-sonli oilaviy poliklinikaga press-tur tashkil etildi va ishtirokchilar pnevmokokk infeksiyaga qarshi emlashning start olishiga guvoh bo‘lishdi.

Top