17:22 / 03.11.2015
2646

Pokistonda samolyot shosse ta'mirtalabligi tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Pokistonning Allama Iqbol xalqaro aeroportiga samolyotning majburiy qo‘nishni amalga oshirishi natijasida 10 nafar yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda aeroport ma'muriyati ma'lumotiga asoslanib, Dawn mahalliy gazetasi xabar bermoqda.

Karachi-Lahordan uchgan "Shahin eyr" aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti bortida 112 nafar yo‘lovchi hamda 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Dispetcherning ma'lumotiga ko‘ra, qo‘nish vaqtida uchuvchi shossening sifatsizligidan shikoyat qilgan. Samolyot qo‘ngach, g‘ildiraklaridan biridagi shina yirtilib ketgan. Natijada samolyot yoniga ag‘darilib, katta tezlikda o‘chish-qo‘nish yo‘lagida sirg‘algan.

Samolyot yo‘lovchilari evakuatsiya qilingan. Jarohat olgan 10 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Top