17:53 / 03.11.2015
3478

Qirg‘iziston prezidenti layoqatli armiya tuzishga ko‘rsatma berdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev real harbiy vazifalarni bajara oladigan armiya tuzishga ko‘rsatma berdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda 3 noyabr kuni mamlakat mudofaa kengashi kotibi Temir Jumaqodirov bilan uchrashuv chog‘ida aytilgan.

“Prezident mamlakat qurolli kuchlari islohoti armiya harbiy layoqatini real darajada oshirishga xizmat qilishi, uni zamonaviy hamda real harbiy vazifalarni bajara oladigan kuchga aylantirishi lozimligini ta'kidladi”, - deyiladi matbuot xabarnomasida.

Ilgariroq Bishkek Moskva bilan Rossiya tomonidan Qirg‘iziston armiyasiga 1 mlrd dollar miqdormidagi qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berilishi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar qilingan edi.

Top