21:05 / 03.11.2015
2678

Shvetsiya politsiyasi lo‘lilarning noqonuniy lagerini evakuatsiya qildi

Shvetsiya politsiyasi Malmyo shahridagi lo‘lilarning noqonuniy lagerini evakuatsiya qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Lagerda 200 ga yaqin lo‘li yashagan, ular bu yerda hech qanday ruxsatsiz yashashgan. Hukumat ekologiya va mahalliy aholi salomatligiga xavf solinayotgani tufayli lo‘lilardan lagerni tark etishlarini talab qilgan. Ularga berilgan muddatdan keyin ham bu yerni o‘nlab lo‘lilar tark etishni istashmagan.

Politsiya huquq-tartibot muassasalari xodimini tishlab olgan bir namoyishchini hibsga olgan. Politsiyachining aytishicha, yana besh kishi tartibni buzganlik uchun hibsga olingan. Lo‘lilar bu lagerda uzoq vaqt yashashgan va shuning uchun ularga bu yerni tark etish qiyin bo‘lgan.

Shahar ma'muriyati lo‘lilarga vaqtinchalik uy-joy taklif qildi, chunki ulardan ko‘pchiligi Ruminiyadan kelgan. Ularga, shuningdek, Ruminiyaga orqaga qaytish uchun yo‘l xarajatlari qoplab berilishi taklif etildi. Lo‘lilar esa taklif qilinayotgan variantlarning o‘rniga ularga lager uchun boshqa joy ajratilishini talab qilishmoqda.

Top