16:21 / 03.11.2015
4834

Tojikistonda noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, paxta terimi davom ettirilmoqda

Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakatda 2015 yilning shu davriga qadar 266 ming tonna paxta yig‘ishtirib olindi. Bu joriy yilda belgilangan rejaning 67 foizini tashkil etadi. Asia-plus agentligi xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, dalalarda paxta yig‘im-terimi davom ettirilmoqda.

Vazirlikning ma'lum qilishicha, ayni paytda paxta dalalarida 95 ming kishi mehnat qilmoqda. Ular mavsum oxiriga qadar paxta xirmonini 399 ming tonnaga yetkazishlari lozim. Dehqonlar 2015 yilda Tojikistonda 180 ming gektar maydonga urug‘ qadashgan.
O‘tgan 2014 yilda 178 ming gektar maydonga chigit ekilib, 390 ming tonna paxta terib olingan.

Top