09:22 / 03.11.2015
2192

Tula yaqinida sodir bo‘lgan avtohalokat qurbonlari soni 6 nafarga yetdi

Tula viloyatidagi “Don” avtotrassasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lganlar soni olti nafarga yetdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” agentligi huquqni himoya qilish organlaridagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Shuningdek, 27 kishi shifoxonaga yotqizildi, ularning bir qanchasi ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Moskva vaqti bilan 2:10 (Toshkent vaqti bilan 4:10)da “Don” federal trassasining Uzlovskiy tumani hududida Moskva-Yerevan yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi Hyundai yo‘lovchi avtobusi yoniga ag‘darilib ketgan. Avtobusdagi 59 nafar yo‘lovchining asosiy qismi Armaniston fuqarolari bo‘lgan.

Ular orasida bolalar bo‘lmagan. Taxminlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan. Avtobus shu holatda 200 metrcha yurib, so‘ngra yoniga ag‘darilgan. Salonda yong‘in kelib chiqmagan.

Top