21:00 / 03.11.2015
2627

Tvitterda "Favorite" tugmasi "Like" tugmasiga almashtirildi

Tvitter mikrobloglar tarmog‘idagi "Favorite" (yoqtirganlikni bildirish, ruschada "Izbrannoye") tugmachasi “yulduzcha” ko‘rinishida edi. 3 noyabr kuni esa ushbu belgi “yurakcha”ga almashtirildi.

Shuningdek, avvallari "Favorite" deb nomlangan “yulduzcha” tugmasining belgisi o‘zgarishi bilan nomi ham almashdi. Endi uning o‘rnida "Like" nomidan foydalanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining boshida Tvitter asoschilaridan biri Jyek Dorsi yana kompaniya rahbarligi lavozimiga qaytgan edi. Uning yangi faoliyati esa tarmoqqa bir qancha o‘zgarishlar olib kelmoqda.

Masalan, yaqinda e'lon qilingan Twitter Moments xizmati biror ommabop voqea atrofidagi barcha tvitlarni bir joyga to‘playdi. Shuningdek, bir necha kun oldin Tvitterda so‘rovnoma tashkil qilish imkoniyati barcha uchun foydalanishga topshirildi.

Top